NSTITUT A’LOCHILARI VA FAXRLARI TAQDIRLANDI: BILIM VA MEHNATNING YUKSAK E’TIROFI
24.09.2026 2026-09-26 13:56NSTITUT A’LOCHILARI VA FAXRLARI TAQDIRLANDI: BILIM VA MEHNATNING YUKSAK E’TIROFI
NSTITUT A’LOCHILARI VA FAXRLARI TAQDIRLANDI: BILIM VA MEHNATNING YUKSAK E’TIROFI
Buxoro davlat tibbiyot institutida ta’limda yuqori natijalarga erishib, o‘zining tirishqoqligi, intilishi va faol ishtiroki bilan ajralib turgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning tantanali qismini institut rektori Shuhrat Teshayev ochib berib, bugungi quvonchli kun bilan talabalar hamda ularning ota-onalarini samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, marosimda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i M. Rajabov faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, iqtidorli yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.





Yuksak bilim, izchil izlanish va fidokorona mehnat orqali tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli talabalarimiz — institutimizning chinakam faxridir. Marosim davomida o‘qishda va jamoat ishlarida alohida o‘rnak ko‘rsatgan talabalar munosib taqdirlandi. Ularning har bir yutug‘i nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki institutimizning ilmiy-ma’rifiy salohiyati hamda kelajagiga qo‘shilayotgan munosib hissadir. Bunday e’tirof va qo‘llab-quvvatlash yoshlarimizni yanada katta marralar sari ilhomlantirishi shubhasiz.

























Taqdirlash marosimidan so‘ng institutning tashqi hovlisida sovrindor va faol talabalar sharafiga bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarimizning yutuqlari e’tirof etilib, ularning quvonchi va bayramona kayfiyatiga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi.








Ayniqsa, farzandlarining muvaffaqiyatlaridan faxrlanayotgan ota-onalar ko‘zidagi cheksiz quvonch va iftixor ushbu kunning eng ta’sirli manzaralaridan biriga aylandi. Zero, farzand kamoli — ota-ona uchun eng ulug‘ baxt, uning yutug‘i esa butun oila va institutimiz uchun yuksak gururdir.
Institut jamoasi barcha a’lochi talabalarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!






Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati