BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

SALOMATLIK — ENG KATTA BOYLIK!

51cd34b8-aab1-420c-abce-1a86a3f939ef

SALOMATLIK — ENG KATTA BOYLIK!

Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-qizlarning salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.N. Raxmatova hamda xotin-qizlar psixologi D.M. Qahhorova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda talaba-qizlar va kardiolog shifokorlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, stressni boshqarish va sog‘lom hayot tarziga rioya qilishning ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, yurak salomatligi va kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha qimmatli tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat poydevori!

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati