BuxDTI matbuot xizmati

LYUBEK UNIVERSITETI KLINIKASI VAKILLARINING BUXORODAGI TASSHRIFI BUGUN HAM DAVOM ETDI

97875a6d-e064-4793-afbc-c17135ecee81

LYUBEK UNIVERSITETI KLINIKASI VAKILLARINING BUXORODAGI TASSHRIFI BUGUN HAM DAVOM ETDI

​Germaniya Federativ Respublikasining Lyubek universiteti klinikasi jarrohlik yo‘nalishi mutaxassislarining Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrifi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
​Tashrifning ikkinchi kunida xorijlik mutaxassislar institut klinikasida bo‘lib, talabalar uchun ma’ruzalar o‘qidi, shuningdek, davolanayotgan bemorlar holati bilan tanishib, klinik holatlar yuzasidan mahalliy shifokorlar bilan fikr almashdi.
​Mehmonlar institutning Simulyatsion markazi faoliyati bilan ham tanishib, talabalar uchun tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar, zamonaviy tibbiy trenajyorlar va simulyatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
​Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilindi. Xususan, akademik mobillik dasturlarini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda ilmiy himoyalarni tashkil etish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

​Ma’lumot uchun, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Lyubek universiteti o‘rtasidagi hamkorlik 2025-yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur hamkorlik ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy tibbiyot yo‘nalishlarida izchil rivojlanib bormoqda.
​24–25-sentyabr kunlari institutda bo‘lib turgan Tobias Kek (Tobias Keck), Ulrix Fridrix Vellner (Ulrich Friedrich Wellner) va Hrihoriy Lapshin (Hryhoriy Lapshyn) tomonidan qo‘shma jarrohlik amaliyotlari, tajriba almashinuvi, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
​Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarning amaliy tajribasini o‘rganish hamda talabalar va yosh shifokorlarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati