BUXDTI VAKILLARI “OLIY TA’LIM A’LOCHISI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
30.09.2026 2026-09-30 22:04BUXDTI VAKILLARI “OLIY TA’LIM A’LOCHISI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh ustoz va murabbiylar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ular orasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari ham bor. Jumladan, Zubayda Bahranova, Baxtiyor Hamdamov, Karomat Jumayev, Gulnihol Idiyevna, Nilufar Axmedova, Yelena Xaribova, Sanobar Rahmatova, Nilufar Karimova hamda Laziz Rajabov ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
Mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanish ustozlarning oliy ta’lim tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, yosh avlodga bilim berish va soha taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.
Taqdirlangan barcha ustoz va murabbiylarni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!




Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati