BUXDTI VA BELARUS DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
02.10.2026 2026-10-02 15:58BUXDTI VA BELARUS DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
BUXDTI VA BELARUS DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Joriy yilning 29–30-sentabr kunlari Xiva shahrida To‘rtinchi O‘zbekiston — Belarus parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli forumda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining ikki nafar prorektori — Laziz Niyazov va Malik Amonov ishtirok etdi.
Forum doirasida “O‘zbekiston va Belarusning gumanitar va ijtimoiy sohalardagi strategik sherikchiligi: imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi seksiya ishida ham muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Belarus davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohalarida tajriba almashish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kelgusida universitetlar o‘rtasida qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati