BUXDTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARIGA “OLIY TA’LIM A’LOCHISI” KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI
02.10.2026 2026-10-02 16:22BUXDTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARIGA “OLIY TA’LIM A’LOCHISI” KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI
BUXDTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARIGA “OLIY TA’LIM A’LOCHISI” KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ta’lim va ilm-fan sohasida samarali faoliyat yuritib, qator yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori Shuhrat Teshayev ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiy mahorati va erishgan yutuqlari bilan alohida e’tirof etilgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga vazir buyrug‘i asosida berilgan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirdi.
Taqdirlash marosimida ustozlarning ta’lim sifatini oshirish, malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish hamda institut nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.



Kelgusida institutda ta’lim va ilm-fan sifatini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda yangi yutuqlarga erishishga qaratilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish belgilandi.
Bunday e’tirof ustozlar uchun yuksak rag‘bat, yosh avlodni bilimli va malakali mutaxassislar etib tarbiyalash yo‘lidagi mas’uliyatni yanada oshiruvchi muhim omildir.



Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati