BUXDTIDA XORIJIY TALABALAR O‘RTASIDA O‘ZBEK TILIDAN OLIMPIADA O‘TKAZILDI
02.10.2026 2026-10-02 17:13BUXDTIDA XORIJIY TALABALAR O‘RTASIDA O‘ZBEK TILIDAN OLIMPIADA O‘TKAZILDI
BUXDTIDA XORIJIY TALABALAR O‘RTASIDA O‘ZBEK TILIDAN OLIMPIADA O‘TKAZILDI
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar, xususan, General Medicine (Gen Med) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan olimpiada tashkil etildi. Mazkur olimpiada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-avgustdagi 321-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida o‘tkazildi. Uning asosiy maqsadi xorijiy talabalarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, til o‘rganishga intilishini rag‘batlantirish, iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Olimpiada davomida ishtirokchilar o‘zbek tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Sinovlar tinglab tushunish, o‘qib tushunish, leksik-grammatik test, yozma nutq hamda milliy-madaniy bilimlar yo‘nalishlarini qamrab oldi. Tadbir xorijiy talabalarning o‘zbek tili muhitiga moslashuviga ko‘maklashish, ularda milliy madaniyatimizga nisbatan qiziqishni oshirish, shuningdek, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi. Olimpiada natijalariga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇1-o‘rin — Mazin Moideentkuthy
🥈2-o‘rin — Rana Sakshay
🥉3-o‘rin — Ali Ashraf Moulvi



G‘olib va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi. O‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan bunday e’tibor xorijiy talabalarning mamlakatimizga, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbek tili — millatlarni birlashtiruvchi, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi bebaho ma’naviy boylikdir.



Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati