BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

BUXDTIDA “O‘ZBEK TILI – QALBIM TARJIMONI” MAVZUSIDA KO‘RIK-TANLOV O‘TKAZILDI

e548be9d-9fd8-4e32-899d-01f4a05329a6

BUXDTIDA “O‘ZBEK TILI – QALBIM TARJIMONI” MAVZUSIDA KO‘RIK-TANLOV O‘TKAZILDI

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbek tili va adabiyoti, rus va ingliz tillari kafedrasida xorijiy talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanloviga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
​Tadbirning asosiy maqsadi xorijiy talabalarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, davlat tilining nufuzi va xalqaro miqyosdagi o‘rnini mustahkamlash, shuningdek, o‘zbek tili va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishdan iborat.
​Unda institutda tahsil olayotgan xorijiy talabalar faol ishtirok etib, o‘zbek tilidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar o‘zbek tilida she’r va hikoyalar aytish, milliy qadriyatlarimiz hamda urf-odatlarimizni targ‘ib qilish, o‘zbek adabiyoti namunalari bilan tanishtirish kabi yo‘nalishlarda o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.


​Tadbir davomida xorijiy talabalar o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari, xalqimizning boy madaniyati va milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatlarini namoyish etdilar.
​Mazkur tadbir xorijiy talabalar o‘rtasida o‘zbek tiliga mehr va qiziqishni yanada oshirish, millatlararo do‘stlik hamda madaniy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

​O‘zbek tili — qalblarni birlashtiruvchi, xalqlarni yaqinlashtiruvchi bebaho ma’naviy boylik!

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati