“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING KUZGI MAVSUM BIRINCHI O‘YINI BO‘LIB O‘TDI
02.10.2026 2026-10-04 23:54“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING KUZGI MAVSUM BIRINCHI O‘YINI BO‘LIB O‘TDI
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING KUZGI MAVSUM BIRINCHI O‘YINI BO‘LIB O‘TDI
Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinining kuzgi mavsum birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsda 450 nafardan ortiq yoshlar, 75 ga yaqin jamoa tarkibida ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘zlarining bilimdonligi, zukkoligi va jamoaviy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.



“Zakovat” o‘yinlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, kitobxonlik va ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Barcha jamoalarga kelgusi bahslarda omad va yuqori natijalar tilaymiz!
Zakovat — bilim, tafakkur va mantiq maydoni!



Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati