BUXDTIDA “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHI SHAKLLANTIRILDI
06.10.2026 2026-10-06 12:00BUXDTIDA “QALQON” JAMOATCHILIK GURUHI SHAKLLANTIRILDI
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining faol, jismonan baquvvat va tashabbuskor talabalari orasidan saralab olingan yoshlar ishtirokida “Qalqon” jamoatchilik guruhi shakllantirildi.
Jamoaning asosiy vazifasi — institut hududi va talabalar turar joylarida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
“Qalqon” a’zolari talabalar o‘rtasida ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini targ‘ib qiladi, xavfli holatlarni barvaqt aniqlash va tegishli mas’ullarga xabar berishda ko‘maklashadi.
Shuningdek, jamoa institut rahbariyati hamda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda talabalarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlashga hissa qo‘shadi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati