BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASI JIU-JITSU BO‘YICHA BUXORO KUBOGI-2026DA IKKI YO‘NALISHDA G‘OLIB BO‘LDI
05.10.2026 2026-10-06 12:40BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASI JIU-JITSU BO‘YICHA BUXORO KUBOGI-2026DA IKKI YO‘NALISHDA G‘OLIB BO‘LDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABASI JIU-JITSU BO‘YICHA BUXORO KUBOGI-2026DA IKKI YO‘NALISHDA G‘OLIB BO‘LDI
Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti talabasi Vazira Safarova Buxoro shahrida o‘tkazilgan Jiu-Jitsu bo‘yicha Buxoro kubogi-2026 musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
U-21 yosh toifasida -45 kg vazn kategoriyasida ishtirok etgan Vazira Safarova ikki yo‘nalishda ham 1-o‘rinni egalladi:
No-Gi yo‘nalishi — 1-o‘rin
Ne-Waza yo‘nalishi — 1-o‘rin
Talabamizni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!




Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati