E'lonlar

KLINIK ORDINATURAGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA

white megaphone on colored background

KLINIK ORDINATURAGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA

​O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 6-oktabrdagi 01-28/28415-sonli xatiga asosan, Buxoro davlat tibbiyot instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinaturaga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha hujjatlar qabul qilishini e’lon qiladi:

​Bolalar anesteziologiyasi
​Allergologiya va klinik immunologiya
​Nefrologiya va gemodializ
​Revmatologiya
​Narkologiya
​Tibbiy psixologiya
​Bolalar yuqumli kasalliklari
​Bolalar terapevtik stomatologiyasi
​Bolalar xirurgik stomatologiyasi
​Bolalar xirurgiyasi

​Hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 12-oktabrga qadar davom etadi.

​Mazkur mutaxassisliklar bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olish istagida bo‘lgan talabgorlar hujjatlarini belgilangan muddatda topshirishlari mumkin.