Turkiyalik olim Buxoro davlat tibbiyot institutida ochiq dars o’tkazdi
30.09.2026 2026-10-07 17:14Turkiyalik olim Buxoro davlat tibbiyot institutida ochiq dars o’tkazdi
2026-yil 30-sentabr kuni Turkiya Respublikasi Sog’liq fanlari universiteti (Sağlık Bilimleri Üniversitesi) o’qituvchisi Dr. Öğr. Üyesi Necati Salman Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Anatomiya, klinik anatomiya (OXTA) kafedrasiga tashrif buyurdi.


Tashrif doirasida mehmon olim talabalar uchun «Tayanch-harakat tizimi» mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Mashg’ulotda suyaklar, bo’g’imlar va skelet mushaklarining tuzilishi hamda funksional anatomiyasi bayon qilindi. Mavzuning klinik ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi, anatomiyani o’qitishning zamonaviy usullari bo’yicha amaliy misollar keltirildi. Talabalar ma’ruzachiga qiziqtirgan savollarini berib, atroflicha javoblar oldilar.


Darsda kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida ilmiy-pedagogik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, tajriba almashish, qo’shma ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
Bunday xalqaro uchrashuvlar talabalarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini oshirishga, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Anatomiya, klinik anatomiya (OXTA) kafedrasi matbuot xizmati