TURKIYA TIBBIYOT FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
08.10.2026 2026-10-08 9:30TURKIYA TIBBIYOT FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
TURKIYA TIBBIYOT FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazining tantanalar zalida institutning Biotibbiyot, Xalqaro talabalar hamda Turkiya tibbiyot fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar bilan institut rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda institut rektori Sh. J. Teshayev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z. Bahranova hamda rektor maslahatchisi M. Mahmudov ishtirok etib, talabalarga yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim jarayonidagi muhim masalalar hamda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, uchrashuvda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalarning fikr va takliflari ham tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi va kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi.






Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati