“HALOLLIK SARI — SHAFFOF TA’LIMGA QADAM” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
09.10.2026 2026-10-09 18:02“HALOLLIK SARI — SHAFFOF TA’LIMGA QADAM” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
“HALOLLIK SARI — SHAFFOF TA’LIMGA QADAM” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Birinchi kurs pediatriya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Halollik sari — shaffof ta’limga qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida ta’lim jarayonida akademik halollik tamoyillariga rioya qilish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, adolat va shaffoflikni ta’minlash hamda bo‘lajak shifokorlarning kasbiy etikasi va mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, pediatriya yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarning kelajakda malakali, halol, vijdonli va o‘z kasbiga sadoqatli shifokorlar bo‘lib yetishishida akademik halollikning muhim o‘rni ta’kidlandi.
Halol ta’lim — ishonchli kelajak, shaffoflik esa yuksak sifat garovidir!



Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati