E'lonlar

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “YIL TALABASI – 2026” TANLOVI E’LON QILINADI

e990b1d3-21b1-43b4-ab20-4bb1cf90b9b8

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “YIL TALABASI – 2026” TANLOVI E’LON QILINADI

​O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi 736-sonli “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yil talabasi – 2026” respublika tanlovining oliygoh bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi.
​Tanlov ilmiy va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish hamda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Hujjatlar 2026–yilning 25-oktabriga qadar qabul qilinadi.

​Ishtirok etish shartlari:

Tanlovda institutning kunduzgi ta’lim shaklida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) tahsil olayotgan 2-, 3- va 4-bosqich talabalari qatnashishlari mumkin. Avvalgi yillarda ushbu tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

​Tanlov quyidagi 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • ​Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi
  • ​Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi
  • ​Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
  • ​Yilning eng faol sportchi talabasi
  • ​Yilning eng faol iqtidorli talabasi
  • ​Yilning eng faol ijodkor talabasi

​G‘oliblarni rag‘batlantirish:

Har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan sovrindorlar (jami 21 nafar talaba) institutning faxriy yorlig‘i hamda quyidagi miqdorda birmartalik pul mukofoti bilan mukofotlanadi:

— 1-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 8 barobari;
— 2-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 6 barobari;
— 3-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 4 barobari.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati