E'lonlar

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA 13-OKTABR KUNI BIR QATOR MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR O‘TKAZILADI

c261391b-cd88-46ec-b946-ce1b7c55bf77

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA 13-OKTABR KUNI BIR QATOR MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR O‘TKAZILADI

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ekologik madaniyatini oshirish, do‘stlik va hamjihatlikni mukammallashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar majmuasi o‘tkaziladi.

​Tadbirlar dasturi (13-oktabr):

— 10:00 — “Ma’rifat ulashib” (shoirlar bilan uchrashuv). Manzil: Faollar zali;
— 16:00 — “Yashil makon” (ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbir). Manzil: Ma’naviyat bog‘i;
— 16:30 — “Gulxan atrofida” (samimiy suhbatlar va do‘stlik uchrashuvi). Manzil: Talabalar turar joyi;
— 18:00 — “Yoshlik sururi” (sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbir). Manzil: Sport-sog‘lomlashtirish markazi.

​Institut rahbariyati barcha talaba-yoshlarni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif etadi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati