BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

c0c213cc-6ab0-4d70-8df6-60e136d564c4

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

11–oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
​Mazkur intellektual bellashuvda 55 ta jamoadan 300 nafardan ortiq talaba-qizlar ishtirok etib, o‘zlarining bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va zukkoliklarini namoyon etdilar.

​Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yin yakunlariga ko‘ra:

— 1-o‘rin: “Dominant” jamoasi;
— 2-o‘rin: “Turkiya fakulteti” jamoasi;
— 3-o‘rin: “Dent Queens” jamoasi.

​Ushbu musobaqa nafaqat bilimlar sinovi, balki talaba-qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati