BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
14.10.2026 2026-10-13 21:27BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir mehmonlarini institut rektori Shuhrat Teshayev kutib oldi. Uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochib bergan rektor yoshlar tarbiyasida ma’naviyat, adabiyot va kitobxonlikning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Bunday ma’rifiy tadbirlar talabalarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.






Uchrashuvda taniqli ijodkorlar — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va publitsist Norqobil Jalil, shoira va publitsist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulbahor Saidg‘aniyeva hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, siyosiy fanlar bo‘yicha PhD, shoir Anvarmirzo Qudratov ishtirok etishdi.
Samimiy va mazmunli muloqot davomida ijodkorlar o‘zlarining hayotiy tajribalari, ijodiy izlanishlari hamda adabiyotning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.








Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati