BuxDTI matbuot xizmati

YAPONIYA DELEGATSIYASI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BO‘LDI

2f7dbadf-74b2-4824-b3cf-fb79f56c196a

YAPONIYA DELEGATSIYASI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BO‘LDI

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tibbiy ta’lim va ilm-fan sohalarida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
​Ayni paytda institutning Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Ushbu hamkorliklar doirasida tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va tibbiyotning zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

​Navbatdagi muhim qadam sifatida Yaponiya bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Shu kunlarda Yaponiyaning “Ipak yo‘li Yaponiya — O‘zbekiston” jamg‘armasi (“Japan – Uzbekistan Silk Road Foundation”) delegatsiyasi Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
​Tashrif doirasida Yaponiya delegatsiyasi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tibbiy ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

​Mazkur tashrif institutning xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, Yaponiya tajribasini o‘rganish va ta’lim hamda tibbiyot sohalarida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
​Institutning xalqaro hamkorlik geografiyasi kengayib borayotgani ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va bo‘lajak shifokorlarni zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlashga xizmat qiladi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati