E'lonlar

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA SHAXMAT VA SHASHKA BO‘YICHA “INTELLEKTUAL OLIMPIADA”NING SARALASH BOSQICHI BO‘LIB O‘TADI

2b639837-f3a8-46ee-b599-3f5869fbf6be

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA SHAXMAT VA SHASHKA BO‘YICHA “INTELLEKTUAL OLIMPIADA”NING SARALASH BOSQICHI BO‘LIB O‘TADI

​Joriy yilning dekabr oyida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Intellektual olimpiada” musobaqasining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bosqichi saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
​Saralash musobaqalari talaba-yigitlar va qizlar o‘rtasida alohida-alohida o‘tkaziladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan talabalar “Intellektual olimpiada”ning respublika bosqichida institut sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritadilar.

​Saralash o‘yinlari 2026-yil 15-oktabr (payshanba) kuni soat 14:30 da institutning sport zalida bo‘lib o‘tadi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati