BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
14.10.2026 2026-10-14 10:49BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad institut hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda talaba-yoshlarda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat va ekologik mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.
Ta’kidlanganidek, ko‘chat ekish va yashil hududlarni barpo etish tabiatni muhofaza qilish hamda atrofdagilar salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.







Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati