BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALAR TURAR JOYIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
14.10.2026 2026-10-14 11:34BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALAR TURAR JOYIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALAR TURAR JOYIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida gulxan atrofida samimiy va ko‘tarinki ruhda ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda turli ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Samimiy suhbatlar va muloqotga boy o‘tgan uchrashuv talaba-yoshlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda kitobxonlik va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.





Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati