BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BIOLOGIYA VA TIBBIYOT INTEGRATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
15.10.2026 2026-10-15 14:17BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BIOLOGIYA VA TIBBIYOT INTEGRATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BIOLOGIYA VA TIBBIYOT INTEGRATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 15-oktabr kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Biologiya va tibbiyot integratsiyasi: ta’lim, innovatsiya va sun’iy intellekt istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Anjuman biologiya va tibbiyot fanlari integratsiyasini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.
Konferensiya doirasida tibbiy biologiyaning zamonaviy tendensiyalari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning tibbiyotdagi samaradorligi, molekulyar-biologik tadqiqotlarning ahamiyati hamda xalq tabobatining fundamental va klinik tibbiyot bilan integratsiyasi kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, noinfeksion kasalliklarni o‘rganishda biotibbiy yondashuvlar, ularning oldini olish va davolashda xalqaro tajriba hamda zamonaviy ilmiy yechimlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.










2026-yil 15–16-oktabr kunlariga mo‘ljallangan ushbu xalqaro konferensiya olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda biologiya va tibbiyot sohalarida yangi ilmiy izlanishlarga zamin yaratishga xizmat qiladi.





Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati