BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “TEBRANMAS YURAKLAR” NOMLI SAHNA KO‘RINISHI NAMOYISH ETILDI

bf98e4f5-fd50-477b-9db7-ad8996c379aa

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “TEBRANMAS YURAKLAR” NOMLI SAHNA KO‘RINISHI NAMOYISH ETILDI

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari tomonidan “Tebranmas yuraklar” nomli sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
​Talabalar o‘zlarining ijodiy mahorati, sahna madaniyati hamda obrazlarni yuksak darajada gavdalantirish qobiliyati orqali tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdilar. Mazkur sahna asari insoniylik, mehr-oqibat va ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
​Ushbu ijodiy namoyish talaba-yoshlarning madaniy-ma’rifiy dunyoqarashini va sahna san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati