BuxDTI matbuot xizmati

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING XALQARO ALOQALARI KENGAYMOQDA

7751dcbb-49d2-4321-bd14-10cff93605d8

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING XALQARO ALOQALARI KENGAYMOQDA

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun akademik mobillik, tajriba almashish hamda kasbiy malaka oshirish imkoniyatlari izchil kengayib bormoqda.
​Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Patris Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)dan 6 nafar talaba institutning Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasida qisqa muddatli akademik mobillik dasturi asosida tahsil olmoqda.
​Tashrif davomida xorijlik talabalar institut klinikasi, laboratoriyalar hamda Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdilar. Shuningdek, ular nazariy mashg‘ulotlar va amaliy jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.
​Bunday akademik almashinuv dasturlari xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy tibbiy ta’lim yutuqlarini o‘zlashtirish hamda ta’limiy va ilmiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati