BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI
16.10.2026 2026-10-16 12:38BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2-bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 700 nafar talaba bevosita, ularning ota-onalari esa masofaviy (onlayn) shaklda qatnashdilar.
Ochiq muloqot davomida talabalarning ta’lim intizomi, odob-axloq qoidalari, davomati, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda institut va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalar ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, mavjud masalalarni o‘rganish va ularni bartaraf etishda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.






Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati