E'lonlar

DIQQAT! RASMIY OGOHLANTIRISH!

Снимок экрана 2026-10-19 152304

DIQQAT! RASMIY OGOHLANTIRISH!

Yolg‘on va chalg‘ituvchi xabarlarga ishonmang!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim reklama va e’lonlar yuzasidan rasmiy munosabat bildiradi.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Tamawi Educational Foundation» (مؤسسة الطماوي التعليمية) nomli tashkilot tomonidan institutimiz nomi, binosi tasviri hamda ta’lim yo‘nalishlariga oid ma’lumotlardan foydalanilgan holda xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha reklama e’lonlari tarqatilayotgani aniqlandi.

RASMAN MA’LUM QILAMIZ!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining mazkur tashkilot bilan hech qanday rasmiy hamkorlik aloqalari yoki shartnomaviy munosabatlari mavjud emas.

Ushbu tashkilot institut nomidan talabalarni o‘qishga qabul qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish yoki ta’lim xizmatlarini taklif etish vakolatiga ega emas.

Mazkur reklama e’lonlarida keltirilgan qabul shartlari, kontrakt to‘lovlari va boshqa ma’lumotlar institut ma’muriyati tomonidan tasdiqlanmagan.

Hurmatli abituriyentlar, talabalar va ota-onalar!

Sizlardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tasdiqlanmagan reklama va e’lonlarga ishonmaslikni, noma’lum shaxslarga pul mablag‘lari o‘tkazmaslikni hamda shaxsiy hujjatlaringizni taqdim etmaslikni so‘raymiz.

Institutga o‘qishga qabul qilish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va kontrakt to‘lovlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni faqat institutning rasmiy axborot manbalari orqali olishingizni tavsiya etamiz.

Buxoro davlat tibbiyot instituti mazkur tashkilot tomonidan tarqatilayotgan e’lonlar va uning faoliyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ma’muriyati