BIOLOGIYA VA TIBBIYOT INTEGRATSIYASI: TA’LIM, INNOVATSIYA VA SUN’IY INTELLEKT ISTIQBOLLARI
02.10.2026 2026-10-20 11:35BIOLOGIYA VA TIBBIYOT INTEGRATSIYASI: TA’LIM, INNOVATSIYA VA SUN’IY INTELLEKT ISTIQBOLLARI
15-16-oktabr, 2026
HURMATLI HAMKASBLAR!
Sizni 2026-yil 15-16-oktabr kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tadigan “Biologiya va tibbiyot integratsiyasi: ta’lim, innovatsiya va sun’iy intellekt istiqbollari” mavzusida tashkil etilayotgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ilmiy-amaliy konferensiyada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot OTMlarining professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda tegishli soha vakillarining ishtiroki kutilmoqda.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi va vazifalari:
Biologiya va tibbiyot fanlarining integratsiyasi asosida zamonaviy ilmiy yutuqlar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni muhokama qilish;
Ta’lim jarayonida biologiya va tibbiyot yo‘nalishlarida fanlararo yondashuvlar hamda raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalarini tahlil qilish;
Tibbiyot va biologiya sohalarida sun’iy intellektdan diagnostika, davolash, monitoring va prognozlash jarayonlarida foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;
Fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini sog‘liqni saqlash va biotibbiyot amaliyotiga tatbiq etish yo‘llarini muhokama qilish;
Biologiya va tibbiyot sohalaridagi dolzarb muammolar hamda ularning ilmiy asoslangan yechimlarini aniqlash;
Yosh olimlar, tadqiqotchilar va talabalarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion tadqiqotlarga jalb etish va fanlararo hamkorlikni rivojlantirish.
Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi sho’balarda ish olib boradi:
1-sho’ba: Biologiya va tibbiyot integratsiyasida tibbiy biologiyaning zamonaviy tendensiyalari, raqamli texnologiya va sun’iy intellektning samaradorligi
2-sho’ba: Zamonaviy tibbiyotda tibbiy biologik va molekulyar-biologik tadqiqotlarning ahamiyati
3-sho’ba: Xalq tabobatining biologik asoslari va uni fundamental hamda klinik tibbiyot bilan integratsiyasi
4-sho’ba: Noinfeksion kasalliklar: biomeditsinal yondashuvlar va xalqaro hamjamiyat nuqtayi nazaridan ratsional yechimlar
15-oktabr (1-kun):
- Ochilish marosimi
- Yetakchi olimlar va soha mutaxassislari ma’ruzalari taqdim etiladi.
16- oktabr (2-kun):
- Sho’balarda olimlar, talabalar hamda tegishli soha vakillarining ma’ruzalari ishtiroki va taqdimoti
Murojaat uchun:
Manzil: Buxoro sh., Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
E-mail: mahbubamirzoyeva626@gmail.com
+998 91 413 49 05 Jabborova O.I.
+998 90 637 73 94 Jumayeva Sh.B.
+998 93 621 05 07 Mustafayeva M.I.
Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishingiz biz uchun katta sharafdir.
Hurmat bilan,
Tashkiliy qo‘mita