BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARI UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR VA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

477586c4-e466-485c-948d-ff11e48ae6e0

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARI UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR VA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy sayohat hamda maroqli hordiq tadbirlari o‘tkazildi.
​Sayohat doirasida talabalar “Ark” qal’asi va Buxoro Eski shahrining tarixiy obidalari bilan tanishib, yurtimizning boy tarixi va madaniy merosi haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
​Shuningdek, talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan piknik ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
​Ushbu tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, milliy o‘zlikni anglash va Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati