BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VAKILLARI GERMANIYADA XALQARO STAJIROVKA O‘TAMOQDA
22.10.2026 2026-10-21 20:38BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VAKILLARI GERMANIYADA XALQARO STAJIROVKA O‘TAMOQDA
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VAKILLARI GERMANIYADA XALQARO STAJIROVKA O‘TAMOQDA
Buxoro davlat tibbiyot institutining to‘rt nafar vakili Germaniyaning Lyubek shahridagi Shlezvig-Golshteyn universitet klinikasining (Universitätsklinikum Schleswig-Holstein) jarrohlik bo‘limida xalqaro amaliy stajirovka o‘tamoqda.
2026-yil 17-oktabrdan 8-noyabrga qadar davom etadigan stajirovkada ikki nafar shifokor — Feruza Sayfulloyevna Nabiyeva va Go‘zal Ubaydullayevna Nurova, shuningdek, institutning 4-bosqich talabasi Sharofat Hakimjonova va 5-bosqich talabasi Amirbek Usmonov ishtirok etmoqda.
Amaliyot davomida ishtirokchilar jarrohlik bo‘limining ish jarayonlari, operatsiyalarni rejalashtirish, zamonaviy jarrohlik usullari, laparoskopik va robot-assistentli operatsiyalar, shuningdek, tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi jamoaviy hamkorlik tajribasini o‘rganmoqda.




Xususan, 19–20-oktabr kunlari ular ochiq va laparoskopik jarrohlik amaliyotlarini kuzatish bilan birga, da Vinci robotlashtirilgan jarrohlik tizimi yordamida buyrakdagi o‘smani olib tashlash operatsiyasi jarayoni bilan ham yaqindan tanishdilar.
Xalqaro stajirovka ishtirokchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, Germaniyaning ilg‘or tibbiy tajribasini o‘rganish hamda uni mahalliy tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni o‘zlashtirish va tibbiyot ta’limi sifatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlari izchil davom etmoqda.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati