BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

ac153c29-3395-4680-9f09-1c85abe0d935

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibi va hududlar osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
​Tadbirda Buxoro viloyati IIB huzuridagi Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Alisher Ahmadovich Xudoyberdiyev ishtirok etdi.
​Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga tungi vaqtda sababsiz va maqsadsiz yurmaslik, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, jamoat joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish hamda shaxsiy xavfsizlikka mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
​Shuningdek, institutda tahsil olayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari hamda O‘zbekistonning boshqa hududlaridan kelib o‘qiyotgan talabalar bilan ham suhbat o‘tkazildi. Ularning viza, vaqtincha yashash va ro‘yxatdan o‘tish masalalariga oid savollariga javob berilib, tegishli tushuntirishlar berildi.
​Tadbir davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tinch-osoyishta muhitni ta’minlashda har bir talabaning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati