O‘ZBEKISTON — BAG‘RIKENGLIK DIYORI!
23.10.2026 2026-10-22 19:28O‘ZBEKISTON — BAG‘RIKENGLIK DIYORI!
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida millatlararo totuvlik, do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yurtimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Zero, O‘zbekiston — turli millat va elat vakillari tinch-totuv yashayotgan, do‘stlik va hamjihatlik qadrlanadigan bag‘rikeng diyor. Millatlararo totuvlik — yurtimiz tinchligi, barqarorligi va taraqqiyotining muhim omilidir.
Bir Vatan, bir maqsad, birgalikdagi kelajak!







Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati