Korrupsiyaga qarshi kurash

🎓 “KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA TA’LIMNING ROLI”

2026-10-23 10.12.11

🎓 “KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA TA’LIMNING ROLI”

➡️ Davolash fakulteti 6-kurs talabalari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, yoshlar ongida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📌 Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligi, shaffoflik va halollik tamoyillarini qaror toptirishda ta’limning ahamiyatini yoritishdan iborat.

📚 Tadbir davomida korrupsiyaning ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash sohasiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda huquqiy savodxonlik, ma’naviy tarbiya va kasbiy etikaning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, bo‘lajak shifokorlarning kasbiy faoliyatida halollik, xolislik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

🔆 Bo‘lajak tibbiyot xodimlari uchun nafaqat chuqur bilim va kasbiy mahorat, balki insoniylik, adolat va halollik tamoyillariga sodiqlik ham muhim ahamiyatga ega. Zero, tibbiyotda ishonch va mas’uliyat har qanday kasbiy faoliyatning asosini tashkil etadi. 

✔️Halollik — yuksak ma’naviyat belgisi, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat esa taraqqiyot garovidir!