BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

ZIYORAT — MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT SARI QADAM!

b7850cfa-a263-432a-80af-110a6bfa73c1

ZIYORAT — MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT SARI QADAM!

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot fakulteti Fundamental tibbiyot yo‘nalishi 172-guruh talabalari Buxoro zaminidagi muqaddas qadamjolardan biri — Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirdilar.
​Tashrif davomida talabalar buyuk mutafakkir va tasavvuf namoyandasi Bahouddin Naqshband hazratlarining hayoti, ilmiy-ma’naviy merosi, ibratli faoliyati hamda insonni komillikka yetaklovchi ezgu g‘oyalari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
​Ayniqsa, «Dil ba yoru, dast ba kor» — «Ko‘ngil Allohda, qo‘l mehnatda bo‘lsin» degan hikmatli tamoyilning mazmun-mohiyati talabalarda katta taassurot qoldirdi.
​Mazkur ziyorat yoshlarning milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmatini oshirish, tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni ilm olishga, mehnatsevarlikka va ezgu fazilatlar sari intilishga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati