BUXDTI TALABALARINING BO‘SH VAQTI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA
26.10.2026 2026-10-25 15:08BUXDTI TALABALARINING BO‘SH VAQTI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA
BUXDTI TALABALARINING BO‘SH VAQTI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi talabalar turar joyida har haftaning shanba kuni talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport to‘garaklari tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad — talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidori va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
Ayni paytda talabalar pianino, rus tili, voleybol va futbol to‘garaklarida faol ishtirok etmoqda.




Ushbu mashg‘ulotlar ularning musiqiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, til bilimi va muloqot ko‘nikmalarini oshirish, jismoniy faolligini kuchaytirish hamda jamoada ishlash malakasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bunday mashg‘ulotlar talabalarning har tomonlama kamol topishi, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi va talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati