Akademik mobillik

Kiruvchi akademik mobillik

2026-10-26 15.30.45

Kiruvchi akademik mobillik

Akademik mobillik dasturi bo‘lajak shifokor uchun katta qadamdir. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasida «Yuqumli kasalliklar» mutaxassisligi bo‘yicha akademik mobillik dasturi doirasida 2026-yil 7-oktabrdan 22-oktabrgacha Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining 4-kurs talabalari muvaffaqiyatli o‘qishni yakunlashdi.

Nazariy o‘qish va viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasining klinik bazasida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar «Yuqumli kasalliklar» moduli (5 kredit / 150 soat)ni o‘zlashtirdilar.

Klinik baza tsikli davomida talabalar bemorlar ko‘rigida qatnashdilar, profilga oid klinik holatlarni tahlil qildilar, simulyatsion markazlar faoliyati bilan tanishdilar hamda amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Mashg‘ulotlarda interfaol o‘qitish usullari va klinik keyslar tahlili faol qo‘llanildi, shuningdek, institut laboratoriyalari va klinikalari ishi bilan tanishuv o‘tkazildi.

Akademik mobillik dasturi kasbiy dunyoqarashni kengaytirish, klinik ko‘nikmalarni mustahkamlash va xorijiy tibbiyot maktabining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkonini beradi.