BuxDTI matbuot xizmati Sport tadbirlari

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI — AYOLLAR VOLEYBOLI MUSOBAQASINING FAXRLI 2-O‘RIN SOHIBI!

db1c9ada-0828-47dd-bde8-d917937f8787

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI — AYOLLAR VOLEYBOLI MUSOBAQASINING FAXRLI 2-O‘RIN SOHIBI!

Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ayollar voleyboli bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy kechgan bellashuvlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

​Musobaqa natijalari:

1-o‘rin — Buxoro davlat pedagogika instituti
2-o‘rin — Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
3-o‘rin — Buxoro davlat universiteti

​Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalar, yangi g‘alabalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati