BuxDTI matbuot xizmati

PREZIDENT TIBBIYOT HODIMLARI BILAN UCHRASHUVDA IBN SINO NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINI TA’SIS ETISH TASHABBUSINI ILGARI SURDI

d88455ee-84c5-484b-8358-80e979394c40

PREZIDENT TIBBIYOT HODIMLARI BILAN UCHRASHUVDA IBN SINO NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINI TA’SIS ETISH TASHABBUSINI ILGARI SURDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari soha vakillarini yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.
​Uchrashuvda inson salomatligini asrash, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda namuna bo‘layotgan tibbiyot xodimlari uchun buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish tashabbusi ilgari surildi. Shuningdek, soha fidoyilarining bir guruhiga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

​So‘nggi yillarda sohada erishilgan natijalar alohida ta’kidlandi:

— 10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi poliklinika va shifoxonalar ishga tushirildi, 58 ming shifo o‘rni yaratildi;
— Ilgari chet elda amalga oshirilgan organlar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va murakkab operatsiyalar kabi 100 dan ziyod tibbiy xizmatlar bugun mamlakatimizda bajarilmoqda;
— Tibbiyotni raqamlashtirish tizimi sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan boyitilishi, farmatsevtikada esa 1,2 milliard dollarlik yangi loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati