INSTITUTDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOKDA
28.10.2026 2026-10-28 9:13INSTITUTDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOKDA
INSTITUTDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOKDA
Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, tibbiyot va biotibbiyot fakultetlari talabalari Varnet botanika bog‘i, Sitorai Mohi Xosa muzeyi, Ichki ishlar organlarining “Jasorat” muzeyi hamda dorivor o‘simliklar laboratoriyasiga tashrif buyurishdi.
Tashriflar davomida talabalar tarixiy meros, vatanparvarlik va tabiatni asrash masalalari bo‘yicha bilimlarini boyitib, dorivor o‘simliklarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.







Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati