Xorijiy professor-o‘qituvçi iştirokida akademik mobillik dasturi muvaffaqiyatli amalga eşirildi
29.10.2026 2026-10-29 12:19Xorijiy professor-o‘qituvçi iştirokida akademik mobillik dasturi muvaffaqiyatli amalga eşirildi
Xorijiy professor-o‘qituvçi iştirokida akademik mobillik dasturi muvaffaqiyatli amalga eşirildi
2026-yil 4-oktabrdan 25-oktabrga qadar Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasida akademik mobillik dasturi doirasida xorijiy mutaxassis, professor Prof. Dr. Serdar Altinay iştirokida ōquv maşḡulotlari teşkil etildi.
Professor Serdar Altinay 2026–2027-ōquv yili doirasida kafedra talabalari uçun patologik fiziologiya fanidan ma’ruza va amaliy maşḡulotlar olib borib, ōzining boy ilmiy-pedagogik tajribasi, zamonaviy bilim va ilg‘or ta’lim yondaşuvlari bilan ōrtoqlaşdi.







Maşḡulotlar patologik fiziologiya fanining nazariy asoslarini çuqur ōzlaştiriş, kasalliklarning etiologiyasi va patogenezini ilmiy jihatdan tahlil qiliş hamda talabalarning klinik fikrlaş kōnikmalarini rivojlantirişga qarartildi.
Şuningdek, professor Serdar Altinay Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Muslima Axatovna Abdullayeva bilan hamkorlikda patologik fiziologiya fanidan ma’ruza maşḡulotlarini olib bordi. Uşbu hamkorlik xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etiş, ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlaş hamda xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Xorijiy professor-ōqituvçilar tomonidan olib borilgan maşḡulotlarning yuqori saviyada teşkil etilişi talabalarning bilim va kasbiy kompetensiyalarini oşiriş, zamonaviy tibbiy ta’lim yutuqlarini ōquv jarayoniga joriy etiş hamda kafedraning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirişga xizmat qildi.
Akademik mobillik — bilimlar almaşinuvi, ilmiy hamkorlik va tibbiy ta’lim sifatini yuksaltirişning muhim omilidir.