AKADEMIK MOBILLIK DOIRASIDA XORIJIY PROFESSOR IŞTIROKIDA MA’RUZA MAŞḠULOTLARI TEŞKIL ETILDI
29.10.2026 2026-10-29 17:47AKADEMIK MOBILLIK DOIRASIDA XORIJIY PROFESSOR IŞTIROKIDA MA’RUZA MAŞḠULOTLARI TEŞKIL ETILDI
AKADEMIK MOBILLIK DOIRASIDA XORIJIY PROFESSOR IŞTIROKIDA MA’RUZA MAŞḠULOTLARI TEŞKIL ETILDI
Qozoḡiston Respublikasi Semey şahridagi «Semey tibbiyot universiteti» notijorat aksiyadorlik jamiyati T.A. Nazarova nomidagi fiziologik fanlar kafedrasi tibbiyot fanlari nomzodi, professor Urazalina Naylya Muratxanovna 2026-yil 12-oktabrdan 16-oktabrgacha Buxoro davlat tibbiyot instituti Abu Ali ibn Sino nomidagi davolaş fakulteti talabalariga akademik mobillik dasturi doirasida patologik fiziologiya fanidan jami 36 soatlik ma’ruza va amaliy maşḡulotlar olib bordi.




Maşḡulotlar davomida professor tomonidan patologik fiziologiyaning dolzarb masalalari yoritilib, talabalarga zamonaviy ilmiy yondaşuvlar va ilg‘or pedagogik tajribalar asosida bilimlar berildi. Ma’ruza va amaliy maşḡulotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlaş, klinik fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş hamda patologik jarayonlarning kelib çiqiş mexanizmlarini çuqur anglaşiga xizmat qildi.
Xorijiy professor iştirokida teşkil etilgan uşbu ōquv maşḡulotlari xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlaş, ilg‘or ta’lim tajribalarini almaşiş va tibbiy ta’lim sifatini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasida xorijiy professor-ōqituvçilar iştirokidagi maşḡulotlarni yuqori saviyada teşkil etişga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga hamda bōlajak şifokorlarning kasbiy bilim va kōnikmalarini takomillaştirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.