BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

TALABALARNING BÖŞ VAQTI MAZMUNLI VA SAMARALI TAŞKIL ETILMOQDA

34b2d3f4-a4fa-4784-a39e-eacd3adceaa0

TALABALARNING BÖŞ VAQTI MAZMUNLI VA SAMARALI TAŞKIL ETILMOQDA

Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalarning darsdan taşqari vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning ma’naviy dunyoqaraşini kengaytiriş, intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilgan qator tadbirlar ötkazilmoqda.
​Jumladan, Tibbiyot fakultetining Pediatriya yönalişi talabalari «Yonğin xavfsizligi» mavzusida insho yoziş tanlovida iştirok etib, yonğin xavfsizligi qoidalari va favqulodda holatlarda töğri harakat qiliş böyiça bilimlarini namoyon etdilar.
​Şuningdek, Davolaş yönalişining 213-guruh talabalari «Boqiy Buxoro» viloyati musiqali drama teatrida namoyiş etilgan «Vatanga qaytiş» spektaklini tomoşa qilib, madaniy hordiq çıqardilar. 112-guruh talabalari esa Buxoro zaminidagi muqaddas qadamjolardan biri — Bahouddin Naqşband ziyoratgohiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyuştirdilar.

​Beş muhim taşabbus doirasida ham qator tadbirlar taşkil etildi. Xususan, Pediatriya yönalişi 1-bosqiç talabalari iştirokida şe’rxonlik tadbiri, kompyuter savodxonligini oşirişga qaratilgan tögarak maşğuloti hamda şaxmat-şaşka musobaqalari ötkazildi.
​Talabalarning ruhiy salomatligiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Pediatriya yönalişi 1-bosqiç talabalari iştirokida institut psixologi N. Toşeva va fakultet tyutorlari tomonidan «Ruhiy salomatlik — muvaffaqiyatli ta’lim garovi» mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Unda yangi ta’lim muhitiga moslaşış, stressni yengiş, hissiyotlarni boşqariş va ruhiy barqarorlikni saqlaş masalalari muhokama qilindi.

​Bundan taşqari, Biotibbiyot fakultetining 1-bosqiç talabalari institut muzeyiga taşrif buyurib, oliygohning boy tarixi, ilmiy merosi, tarixiy eksponatlar va maşhur professor-öqituvchilar faoliyati bilan tanişdilar.
​Biotibbiyot fakulteti Oliy hamşiralik işi yönalişining 1-bosqiç talabalari esa «Beparvolik qurboni bölmang, is gazi xavfidan ogoh böling» mavzusida diktant yoziş orqali is gazidan zaharlanişning oldini oliş va xavfsizlik qoidalariga rioya etiş borasidagi bilimlarini mustahkamladilar.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati