Doktoranturaga kirish imtihonlari 16-noyabrga ko‘chirildi
10.11.2026 2026-11-10 19:09Doktoranturaga kirish imtihonlari 16-noyabrga ko‘chirildi
Sog‘liqni saqlash vazirligida 2026-yil 11-noyabr kuni o‘tkaziladigan yig‘ilish munosabati bilan tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga kirish imtihonlari 11-noyabrdan 2026-yil 16-noyabr (dushanba) kuniga ko‘chirildi. Imtihonlar Simulyatsiya markazi, 2-qavat, 27-xonada quyidagi jadval asosida o‘tkaziladi:
- 09:00–12:30 — 14.00.05 Ichki kasalliklar (14 nafar);
- 12:30–13:00 — 14.00.03 Endokrinologiya (2 nafar);
- 14:00–15:00 — 14.00.04 Otorinolaringologiya (5 nafar);
- 15:00–15:10 — 14.00.42 Pulmonologiya (1 nafar);
- 15:10–15:50 — 14.00.43 Profilaktik tibbiyot (4 nafar).
Talabgorlar imtihonga belgilangan vaqtdan 15 daqiqa oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.