XALQARO AKADEMIK MOBILLIK DOIRASIDA HAMKORLIK
11.11.2026 2026-11-11 15:17XALQARO AKADEMIK MOBILLIK DOIRASIDA HAMKORLIK
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va informatika kafedrasida Turkiya Sog‘liq bilimlari universitetining (Turkiya) “Biofizika” fani o‘qituvchisi, Dr. Öğr. Üyesi Nurhan Erbil akademik mobillik dasturi doirasida tashrif buyurdi.
2026-yil 11-oktabrdan 1-noyabrga qadar davom etgan akademik mobillik doirasida mehmon professor-o‘qituvchi tomonidan institutning tibbiyot fakulteti talabalari uchun “Biofizika” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Tashrif davomida ta’lim jarayonida xalqaro tajriba almashish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq etish hamda biofizika fanini o‘qitish bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur akademik mobillik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati