Navbatdagi turkiyalik olim Buxoro davlat tibbiyot institutida ochiq dars o’tkazdi
17.11.2026 2026-11-17 15:57Navbatdagi turkiyalik olim Buxoro davlat tibbiyot institutida ochiq dars o’tkazdi
Navbatdagi turkiyalik olim Buxoro davlat tibbiyot institutida ochiq dars o’tkazdi
2026-yil 17-noyabr kuni Turkiya Respublikasi Sog’liq fanlari universiteti (Sağlık Bilimleri Üniversitesi) dotsenti Doc. Dr. Fatma Ok Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Anatomiya, klinik anatomiya (OXTA) kafedrasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmon olim talabalar uchun «Hazm tizimi anatomiyasi» mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Mashg’ulotda hazm bezlari va a’zolari tuzilishi hamda funksional anatomiyasi bayon qilindi. Mavzuning klinik ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi, anatomiyani o’qitishning zamonaviy usullari bo’yicha amaliy misollar keltirildi. Talabalar ma’ruzachiga qiziqtirgan savollarini berib, atroflicha javoblar oldilar.
Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida ilmiy-pedagogik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, tajriba almashish, qo’shma ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
Bunday xalqaro uchrashuvlar talabalarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini oshirishga, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
