Talabalar diqqatiga! Kiberxavfsizlik bo‘yicha bepul ta’lim olish va xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatlari
26.11.2026 2026-11-26 10:37Talabalar diqqatiga! Kiberxavfsizlik bo‘yicha bepul ta’lim olish va xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatlari
Talabalar diqqatiga! Kiberxavfsizlik bo‘yicha bepul ta’lim olish va xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatlari
Bugungi raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan davrda internetdan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish har bir talaba uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-martdagi PF–38-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar doirasida yoshlarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan qator bepul ta’lim imkoniyatlari yaratilgan.
1. Kiberxavfsizlik bo‘yicha bepul onlayn kurslar
“Aileaders.uz” platformasida kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 30 ta bepul onlayn o‘quv kursi mavjud.
Jumladan:
- Oracle — “Cloud Security Professional (2025) sertifikatiga tayyorgarlik”;
- Huawei — “HCIA-Security V4.0 Course”;
- MohirDev — “Kali Linux asoslari”;
- IT Study — “Kiberxavfsizlik asoslari”;
- DataCamp — “Ma’lumotlar xavfsizligiga kirish”.
Platforma manzili: https://aileaders.uz
2. Kiberxavfsizlik bo‘yicha bepul videodarslar
“It-istedod.uz” portalining ochiq “Video resurslar” bo‘limida kiberxavfsizlik yo‘nalishiga oid 20 ta videodars joylashtirilgan.
Talabalar ushbu videodarslardan mustaqil ravishda foydalanib, kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin.
Portal manzili: https://it-istedod.uz
3. Xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini qoplash imkoniyati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qaroriga muvofiq, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan fuqarolarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda tegishli o‘quv kurslarida ta’lim olish xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish mexanizmi joriy etilgan.
Mazkur imkoniyat yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishi, kasbiy malakasini oshirishi va xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti barcha talaba-yoshlarni mazkur bepul ta’lim resurslari va imkoniyatlardan faol foydalanishga, raqamli savodxonlik darajasini oshirishga hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga chorlaydi.
Kiberxavfsizlik — raqamli kelajak va shaxsiy ma’lumotlar himoyasining muhim kafolatidir!
Buxoro davlat tibbiyot instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi