BuxDTI matbuot xizmati

PREZIDENT MAKTUBI — YOŞLAR KELAJAGIGA DAXLDOR YUKSAK İŞONÇ VA MAS’ULIYAT!

PREZIDENT MAKTUBI1

PREZIDENT MAKTUBI — YOŞLAR KELAJAGIGA DAXLDOR YUKSAK İŞONÇ VA MAS’ULIYAT!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning o‘z nabirasiga yo‘llagan, mazmun-mohiyatan butun O‘zbekiston yoşlariga qaratilgan samimiy maktubi talabalarga o‘qib eşittirildi.

Tadbirda institut rektori, professor Şuhrat Teşayev so‘zga çiqib, mazkur maktubning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgu ğoyalar hamda yoş avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Rektor o‘z nutqida bugungi yoşlar uçun ilm oliş, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallaş, vaqtni qadrl aş, Vatanga sadoqatli bo‘liş hamda tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondaşiş eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining uşbu maktubida Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatga intiliş, qat’iyat, halollik va mehnatsevarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar teran ifodasini topgan.

“Yurt kelajagi sen kabi millionlab yoşlarga boğliq ekanini aslo unutma! Ilm-ma’rifat o‘rganişga sidqidildan harakat qil! Çunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir”, — deya ta’kidlaydi Prezidentimiz.

📌 Uşbu maktub şunçaki boboning nabirasiga nasihati emas, balki butun bir avlodga qaratilgan ezgu da’vat, hayotiy saboq va kelajak oldidagi mas’uliyat ifodasidir.

Zero, bugungi yoşlarning bilimi, tafakkuri va şijoati — ertangi Yangi O‘zbekistonning qudrati va taraqqiyotini belgilaydi!