Akusherlik — klinik tibbiyotning bir sohasi. Homiladorlik, tugʻruq vaqtida va tugʻruqdan keyin (chilla davrida) ayol organizmida sodir boʻladigan fiziologik va patologik jarayonlarni oʻrganadi. Asosiy vazifasi: tugʻruqqa yordam berish, homiladorlik kasalliklari (mas, toksikozlar) da tugʻruq, tugʻruqdan keyin (tugʻruq vaqtidagi shikastlar, qon ketishi va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarning oldini olish, aso-ratlar paydo boʻlganda esa ayolga, homila va yangi tugʻilgan chaqaloqqa tibbiy yordam koʻrsatishning eng maqbul usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ginekologiya (yun. gynaikos — ayol va …logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi, shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash yoʻl-yoʻriqlarini ham oʻrganadi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (pasport), ayni yo’nalish bo’yicha magistrlik diplomi, chet tilini umumiy Evropa kompetentsiyalariga (standartlariga) muvofiq chet tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatning nusxasi, 3×4-rasm.
3 yil
14.00.01
© 2024 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan