«BIR IXTIRO TARIXI» | «ILM BILAN ERISŞILGAN YUTUQ»KEKSA YOŞDAGI BEMORLARDA SON SUYAGI SINISŞI: ASORATNI OPERATSIYADAN OLDIN OLDINDAN AYTISŞ MUMKIN
06.11.2026 2026-11-06 9:50«BIR IXTIRO TARIXI» | «ILM BILAN ERISŞILGAN YUTUQ»KEKSA YOŞDAGI BEMORLARDA SON SUYAGI SINISŞI: ASORATNI OPERATSIYADAN OLDIN OLDINDAN AYTISŞ MUMKIN
«BIR IXTIRO TARIXI» | «ILM BILAN ERISŞILGAN YUTUQ»KEKSA YOŞDAGI BEMORLARDA SON SUYAGI SINISŞI: ASORATNI OPERATSIYADAN OLDIN OLDINDAN AYTISŞ MUMKIN
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti olimlari tomonidan işlab çıqilgan yangi usul Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ixtiro sifatida tan olinib, UZ IAP 8627-son patent bilan himoyalandi.
Muammo qayerdan boşlandi?
Son suyagi sinışi keksa va qari yoşdagi insonlar orasida eng köp uçraydigan va eng oğir oqibatlarga olib keladigan jarohatlardan biridir. Ilmiy adabiyotlarga köra, bunday sinışlarda konservativ davolaş, ya’ni uzoq muddat yotoq rejimida ölim körsatkiçi 40 foizdan kam emas, şuning uçun asosiy usul – jarrohlik yöli bilan suyakni metall konstruksiya yordamida mahkamlaş (osteosintez) hisoblanadi.
Biroq keksa yoşda suyak töqimasi mörtlaşgan, organizmda yallig‘lanış jarayonlari va hamroh kasalliklar köp böladi. Natijada operatsiyadan keyin «suyak – fiksator» tizimi barqarorligini yo‘qotişi, konstruksiya böşalışi, suyak bitmay qolişi va takroriy operatsiya zarurati yuzaga kelişi mumkin. Eng muhimi – bu xavfni oldindan aniq baholaydigan oddiy va işonchli vosita yöq edi.
Ixtironing mohiyati
Olimlar operatsiyadan oldingi bosqıçdayoq har bir bemor uçun asorat xavfini miqdoriy hisoblaş usulini taklif etdi. Buning uçun önta körsatkiç baholanadi: son suyagining kortikal indeksi, jarohatdan operatsiyagacha ötgan muddat, sinış turi, Charlson komorbidlik indeksi, jarohat mexanizmi, neytrofil-limfotsitar indeks hamda yalliğlanış va suyak almaşinuvi markerlari – IL-6, TNF-α, TGF-β va RANKL/OPG nisbati.
Har bir körsatkiçga 1 dan 3 gacha ball beriladi, ularning yig‘indisi integral prognostik körsatkiçni (IPP) taşkil etadi. Natijaga köra bemor uç guruhdan biriga kiritiladi:
– IPP 14 ballgacha – past xavf: standart osteosintez va suyakni mustahkamlovçi dori terapiyasi (zoledron kislotasi, kalsiy va D3 vitamini);
– IPP 15–24 ball – yuqori xavf: uzaytirilgan konstruksiyalar, kengaytirilgan blokirovka va maxsus suyak sementi bilan mustahkamlaş;
– IPP 25 ball va undan yuqori – kritik xavf: uzun konstruksiyalar, köp tekislikli mahkamlaş, keng sement-augmentatsiya hamda antirezorbtiv terapiyani operatsiyadan oldin boşlaş.
Bu nima beradi?
Usul davolaşni har bir bemorga moslab tanlaş imkonini beradi: xavfi past bemorga ortiqça murakkab aralaşuv qilinmaydi, xavfi yuqori bemorda esa fiksatsiya oldindan kuçaytiriladi. Bu konstruksiyaning ikkilamchi beqarorligi va suyak bitişining buzilişi holatlarini kamaytiriş, takroriy operatsiyalarning oldini oliş, bemorning oyoqqa tezroq turişi va reabilitatsiya muddatini qisqartirişga xizmat qiladi. Keksa yoşdagi insonlar uçun bu – hayot sifati va mustaqil harakatlanış demakdir.
Ixtiro mualliflari
B.Z.Xamdamov, A.A.Ablakulov, V.R.Akramov, G.A.Ixtiyarova, I.B.Xamdamov, S.S.Davlatov.
Patent ma’lumotlari
Patent: UZ IAP 8627.
Talabnoma: IAP 20260444, 02.06.2026.
Ixtirolar davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan sana: 30.06.2026.
Rasmiy axborotnoma: 31.07.2026, № 7(303).
Patent 20 yil amal qiladi.
Uşbu yutuq institut olimlarining ilmiy izlaşışlari bevosita klinik amaliyotga, bemorlar salomatligini asraşga xizmat qilayotganining yana bir yorqin isbotidir.